01 dek 20:03
Yangiliklar

"Selta" g'alabaga erishdi, Aspas esa Messi va Suaresdan o'zib ketdi
Uchrashuvda dubl qayd etgan Yago Aspas La Liga to'purarlari jadvalida "Barselona" yulduzlari Luis Suares va Lionel Messidan o'zib ketdi. Aspas o'z gollari sonini 10taga etkazib oldi. "Jirona" etakchisi Kristian Stuani hisobida ham 10ta gol bor.
"Barselona"ning hujum yulduzlari - Lionel Messi va Luis Suares hisobida 9tadan gol bor. Turnir jadvalida "Sevilya" 26 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. "Barselona" 25 ochko bilan ikkinchi, "Atletiko" esa 24 ochko bilan uchinchi o'rinni band etgan.
"Selta" – "Ueska" 2:0 (1:0, 1:0)
«Balaydos» stadioni
Gollar: 1:0 – 38 Aspas, 2:0 – 77 Aspas.
"Selta": Blanko, Arauxo, Junka, Malo, Kostas, Brais Mendes (Beltran, 76), Yokushlu, Xosabed, Bufal (Yulsager, 63), Maksi Gomes, Aspas (Mor, 88).
"Ueska": Yovanovich, Pulido, Akapo, Miramon, Echeyta, Rivera, Gomes, Ferreyro (Avila, 62), Musto (Gyurler, 46), Aleks Galyar (Agilera Nunes, 46), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Ernandes (29), Musto (31), Bufal (32), Echeyta (37), Blanko (59).
Fikrlar