26 jan 07:50
Yangiliklar

"Selta" va "Atletiko" yarim finalda, "Real" kurashdan chiqdi
Madridning "Real" klubi Vigoda "Selta" jamoasi mehmoni bo'lib, so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi - 2:2. Lekin bu natija ham "Qirollik klubi"ni yarim finalga olib chiqmadi. Boisi, "Real" o'z maydonidagi ilk o'yinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Ispaniya kubogi. CHorak final. Javob uchrashuvlari.
Eybar – Atletiko 2:2 (0:0, 2:2)
Munisipal de Ipurua
Gollar: 0:1 – 49 Ximenes, 1:1 – 73 Enrik, 2:1 – 80 Leon, 2:2 – 85 Xuanfran.
Eybar – Yoel, Galves, dos Santos, Kapa, Dorrio (Enrik, 73), Penya, Riko (Dani Garsiya, 34), Rivera, Sarregi (Leon, 73), Bebe, Nano.
Atletiko – Moyya, Ximenes, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Savich, Saul (Koke, 62), Gabi, Gaytan (Vrsalko, 74), Korrea, Gameyro (Ferreyra Karrasko, 62), Torres.
Ogohlantirishlar: Riko (15), Lyuka Ernandes (40), Bebe (60).
Birinchi o'yin: 0:3.
Selta – Real Madrid 2:2 (1:0, 1:2)
Balaydos
Gollar: 1:0 – 44, avtogol Danilo, 1:1 – 62 Ronaldu, 2:1 – 85 Vass, 2:2 – 90 Vaskes.
Selta – Alvares, Malo, Kastro, Kabral, Ronkalya, Vass (Gomes, 88), Radoya, Dias, Bongonda, Aspas (Fontas, 90), Gvidetti (Xosabed, 84).
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Kovachich, Kazemiro (Dias, 89), Asensio (Vaskes, 76), Isko (Morata, 80), Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Malo (35), Vass (54), Kastro (72), Danilo (75).
Birinchi o'yin: 2:1.
Fikrlar