27 apr 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Per Jons va Aspinall jangida kimni favorit deb hisoblashini aytdi
UFC SHon-sharaf Zali azosi Jorj Sen-Per Jon Jons va Tom Aspinall o'rtasidagi ehtimoliy jang uchun o'z taxminlarini bildirdi.
"Agar jang qilish uchun qadimgi Kolizeyga eng yaxshi jangchini yuborish kerak bo'lganida, men Jon Jonsni tanlardim. Boshqacha o'ylash ahmoqlik bo'lardi. Ammo vaqt hammaga tasir qiladi. Tom Aspinall esa hozir ajoyib sport formasida.
Muhimi, men muxlis sifatida bu jangni ko'rishni xohlayman. Tom juda och, Jon esa endi ham jang qilishni xohlaydimi, shuni aniqlab olish kerak. SHu bilan birga, UFC unga munosib haq to'lashga tayyormi – bu ham muhim, chunki Jon bunga haqli", — dedi Sen-Per.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar