So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

19 iyu 13:02
Yangiliklar

Boshqalar

Sening uying - sening arenang! Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yana bir mega loyihani taqdim etadi

Teglar :  Vazirlik
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bir qator onlayn sport musobaqalari o'tkazilishini elon qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi pandemiya sharoitida yurtdoshlarimizni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish orqali ular salomatligini mustahkamlash va immunitetini ko'tarishga hissa qo'shish maqsadida bir qator onlayn sport musobaqalari o'tkazilishini elon qiladi.

2020 yil 20 iyuldan boshlab “Onlayn yurish”, “Onlayn yugurish”, “Onlayn velomarafon”, “Onlayn shaxmat”, #uydaqol #hayotgaqo'shil! chellenji hamda kibersport bo'yicha 8ta yo'nalishda “MinSport eSropts CUP” musobaqalariga start beriladi. Mazkur sport tadbirlarining barchasi Yangi yil bayramiga qadar davom etadi va yakunda g'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Jumladan, kibersport bo'yicha o'tkaziladigan "Minsport eSports CUP" musobaqasining umumiy sovrin jamg'armasi 100 million so'mdan oshsa, onlayn shaxmat musobaqasining mutloq g'olibi Spark avtomobilini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHunday ekan, imkoniyatingizni boy bermang, onlayn sport tadbirlarida faol ishtirok eting va qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting!

Batafsil malumotlar  www.minsport.uz saytida.

Istagimiz, odamlarda faol hayot tarziga bo'lgan ko'nikmani yanada jonlantirish hamda millat genofondini sog'lomlashtirish yo'lida o'z hissamizni qo'shish.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing