28 dek 20:08
Yangiliklar
SHaxmat
Sensaciya! 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag'lub etdi
Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishi bo'yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 10-partiya o'yinini o'tkazdi.
SHaxmatchimiz oq donalarda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib raqibini chiroyli usulda mag'lubiyatta uchratdi. Ayni daqiqalarda qolgan partiyalar davom etmoqda.
Onlayn ko'rinishda 17 yoshli grossmeysterimiz 8 ochko bilan musobaqa peshqadami bo'lib oldi. Rossiyalik Yan Nepomnyashiy ham hozirgina yakuniga etgan partiyada hamyurti Aleksandr Grishukdan ustun keldi va u ham o'z ochkolari sonini 8 taga etkazib oldi. Qo'shimcha koeficentlarga ko'ra Nodirbek karvonboshi bo'lib turibdi.
Malumot uchun, Yan yaqinda jahon toji uchun kechgan matchda Magnus Karlsenga imkoniyatni boy bergan edi. Magnus bugungi mag'lubiyatidan so'ng uchinchi o'ringa pastladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Shunaqa musobaqalarni jonli efir da olib bersa bolardi