So’nggi yangiliklar

21:47Ғуломжон Абдуллаев – жаҳон чемпионати совриндори 0 18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0

15 apr 00:19
Yangiliklar

Xokkey

Sensaciya qayd etilmadi. Xokkey terma jamoamiz bullitlar seriyasida asosiy raqiblaridan biri - Armanistonga imkoniyatni boy berdi

Erevan shahrida xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining IV divizionidan o'rin olgan ikkinchi kungi bellashuvlar nihoyasiga etdi.

Bugungi kun dasturidan mezbon Armanistonning O'zbekistonga qarshi o'yini ham o'rin olgandi.

Biroz oldin yakuniga etgan o'yinning asosiy vaqti hamda overtaym 2:2 hisobida yakuniga etdi. Bullitlar seriyasida esa omad armanistonlik xokkeychilar tomonida bo'ldi. Yakunda Armaniston terma jamoasi g'alabani o'ziniki qilib ketdi.

Gollarimizga Pavel Sinyavskiy hamda Javohir Rasulov mualliflik qilishdi. Guruhimizdagi boshqa juftliklarda Quvayt Indoneziyani 15:6, Eron Malayziyani 5:1 hisobida mag'lub etdi.

SHunday qilib, Armaniston divizionda 5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi, O'zbekiston esa 4 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 16 aprel uchinchi tur doirasida Eron xokkeychilariga qarshi muzga chiqamiz.

Jahon chempionatining IV divizioni. Ikkinchi uchrashuv

O'zbekiston - Armaniston 2:3 B (0:0, 2:2, 0:0, 0:0, 0:1)

Gollar:

0:1 – Xudyakov (Kovalenko, Davtian), 28:54

1:1 – Sinyavskiy (Jilov), 36:04

2:1 – Rasulov (Rustamxonov), 36:37

2:2 – Kuznecov (Davtian), 37:23

2:3 – Kuznecov, Kovalenko, 65:00.


2-tur o'yinlaridan keyin musobaqa jadvali:


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing