26 dek 21:14
Yangiliklar
SHaxmat
Sensaciya! Yosh shaxmatchimiz Jahon chempionatida amaldagi jahon chempionini mag'lub etdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Jahon chempionatining rapid yo'nalishida ikkinchi tur uchrashuvlari o'tkazilib, unda musobaqa sensaciyasi qayd etildi. Xalqaro master SHamsiddin Vohidov qora donalarda o'ynashiga qaramay, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni shov-shuvli tarzda mag'lubiyatga uchratdi.
Norvegiyalik grosmeyster 22-yurishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bundan esa yosh SHamsiddin foydalanib qoldi. Karlsen 36-yurishdan so'ng o'z mag'lubiyatini tan oldi. Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 1 150 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar