So’nggi yangiliklar

19:03Александр Зверев илк бор «Ролан Гаррос» ғолибига айланди 0 18:37Гусковнинг Сербиядаги UFC турнирида ким билан жанг қилиши мумкинлиги айтилди 0 18:02Нидерландия клубларининг Ўзбекистонга иккинчи ташрифи: ёнилғисиз самолёт, заҳарланган меҳмон ҳамда бир ҳовуч доллардан иборат пора 0 17:23Оқ уй UFC турнирига суд даъвоси таҳдид солмоқда 0 16:57"Спортдаги фаолиятим узоқ бўлмайди" - Илия Топурия 0 16:26Ислам Махачев: "Мен учун спортни чемпион сифатида тарк этиш муҳим" 0 15:54Тарихий тўқнашув: Нидерландия Ўзбекистоннинг Европадан бўлган 17-рақибига айланади 0 15:22Самбочиларимиз Франциядаги халқаро турнирда иштирок этишди 0 14:53Царукян Топурия - Гэтжи жангига миллион доллар тикди + ФОТО 0 14:27Тошкент туманида анъанавий "Keles Open" халқаро турнири ўтказилди 0 13:45ПСЖ юлдузларини "Реал"га сотишга тайёрми? 0 13:22Бобур Абдулазизовнинг навбатдаги рақиби мағлубиятсиз одимлаётган Марсель Нурланбек бўлади 0 12:52Формула-1. Андреа Кими Антонелли — Монако Гран-приси ғолиби! 0 12:19Жамолиддин Раҳмонжонов Octagon 87 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 11:56Ҳожиакбар Алижонов ЖЧ-2026 илк турида ўйнамайдими? 0

31 avg 09:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Sentyabr oyida o'zbekistonlik MMAchilardan kimlar oktagonga chiqadi?

Kuzning ilk oyida o'zbek MMA muxlislarini hamyurtlarimiz ishtirokidagi ajoyib janglar kutib turibdi.

Bogdan Guskov - 2 sentyabr

2 sentyabr kuni Franciya poytaxti Parij shahrida UFC Fight Night turniri bo'lib o'tadi. Mazkur oqshom doirasida SHveycariya vakili Volkan Ozdemir (18-7) rossiyalik Azamat Murzakanov (13-0) bilan jang qilishi kerak edi. Ammo Murzakanovning bu jangda ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi. Uning o'rnini zaxira varianti sifatida yarimog'ir vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov (14-2) egalladi. Endilikda Guskov debyut jangini aynan Volkan Ozdemirga qarshi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Volkan Ozdemir so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida UFC 280 turniri doirasida Nikita Krilovga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi. U faoliyati davomida Daniel Korme, Entoni Smit, Dominik Reyes, Irji Proxaska, Magomed Ankalaev kabi mashhurlar bilan jang qilgan.


Muhiddin Mamajonov - 2 centyabr 

Amirxon Alixo'jaev - 2 centyabr

2 centyabr kuni Slovakiyaning Trnava shahridagi "Mestska Sportova Xala" majmuasida Fabriq MMA 3 turniri bo'lib o'tadi. Ushbu oqshomda ikki hamyurtimiz Muhiddin Mamajonov hamda Amirxon Alixo'jaev jang qiladi. SHuningdek, o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov ham mazkur turnirga rasmiy mehmon sifatida taklif etilgan.

Engil vaznda: Muhiddin Mamajonov (4-0) - Iamik Moyzes (Gvineya-Bissau, 7-6)

Engil vaznda: Amirxon Alixo'jaev (5-3) - Magomed Kadimagomedov (Belgiya, 4-0).

Eslatib o'tamiz, Muhiddin Mamajonov so'nggi jangida Zaur Isaevni enggan edi. Amirxon Alixo'jaev esa oxirgi jangida ukrainalik Daniel Donchenkoga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.


Doston Bozorov - 8 sentyabr 

Engil vazn toifasida Octagon legaue'ning vaqtinchalik chempioni Doston Bozorov (8-1) navbatdagi jangini 8 sentyabr kuni Bishkekda tashkil etiladigan Octagon 49 turniri doirasida o'tkazadi. Ushbu bahsda hamyurtimiz o'z kamarini braziliyalik Verleson Almeyda de Souza (8-6)dan himoya qiladi. Mazkur to'qnashuv oqshomning markaziy jangi hisoblanadi.

Doston ushbu jangda g'alaba qozonsa, yil oxiriga qadar Sardor Majidovga qarshi oktagonga chiqishi mumkin.


MPL 8 - 16 sentyabr (Toshkent)

SHohasan Mirzamatov

Jasur Mirzamuhammedov

Avliyoxon Hamidov

Jahongir Najmiddinov 

Lazizxon O'zbekov

Lazizbek Temirov


Bobur Qurbonov - 23 sentyabr

23 sentyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida MMA Series 72 turniri tashkil etiladi. Mazkur musobaqada Liganing yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq chempioni Bobur Qurbonov (13-5-0) ham jang qiladi. Hamyurtimizga o'sha kuni rossiyalik Ahmed Musaev (6-0-0) raqiblik qiladi. Jang asosiy kard doirasida 3 raund etib belgilangan. Oqshomning markaziy jangi rossiyalik Sergey Xaritonov (33-9-0) hamda Braziliya vakili Tiago Kardoso (15-8-2) o'rtasida kechadi. 

Eslatib o'tamiz, Bobur Qurbonov o'tgan yilning dekabr oyida rus jangchisi Sergey Bobrishevni mag'lub etib, MMA Series chempioniga aylangan edi, ammo iyul oyida o'tkazilgan revansh jangida Bobrishev bahsli g'alabaga erishdi. 27 yoshli Ahmed Musaev uchun esa bu joriy yil hisobidan uchinchi jang bo'ladi.


Ramazon Temirov - 24 sentyabr

24 centyabr kuni Yaponiyaning Saitama shahrida MMA bo'yicha RIZIN 44 turniri bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasidagi hamyurtimiz Ramazon Temirov (16-2-0) oktagonga ko'tariladi. Hamyurtimizga o'sha kuni yaponiyalik Takaki Soya (12-5-1) raqiblik qiladi. Jang asosiy kard doirasida 3 raunddan iborat bo'ladi.

Malumot uchun, Takaki Soya o'ta engil vaznda dunyo reytingida 35-o'rinda qayd etilgan. Temirov RIZIN'dagi ilk jangida Yuta Xamamotoni muddatidan oldin mag'lub etgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing