02 apr 16:25
Yangiliklar
Futbol

Serbiya. Husniddin G'ofurov jamoasi mag'lub bo'ldi
Serbiya Superligasida 28-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Husniddin G'ofurov to'p tepayotgan "Yavor" klubi "Mladost Luchani" mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "Yavor" safida Husniddin G'ofurov to'liq o'ynadi. "Yavor" 39 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. Klub navbatdagi bahsni 9 aprel kuni o'z uyida "Vojdovac" klubiga qarshi o'tkazadi.
Serbiya Superligasi.
"Mladost Luchani" - "Yavor" - 1:0
Gollar: S.Yovanovich 77
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar