27 noy 07:30
Yangiliklar
Futbol

Serbiya. Husniddin G'ofurov ketma-ket ikkita o'yinda gol urdi
Kecha Serbiya Superligasida 17-tur o'yinlari boshlandi.
Hamyurtimiz Husniddin G'ofurov to'p tepayotgan "Yavor" klubi "Novi Pazar" mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. “Yavor” safida birinchi golni Husniddin G'ofurov urdi.
SHunday qilib, hamyurtimiz ketma-ket ikkinchi o'yinda ham to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan turda G'ofurovning yagona goli “Radnik Surdulica”ning mag'lubiyatini taminlab bergan edi.
“Yavor” 23 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi bahsni 30 noyabr kuni o'z uyida “Bachka Balanka” klubiga qarshi o'tkazadi.
Serbiya Superligasi. 17-tur
“NOVI PAZAR” – “YAVOR” - 1:2
Gollar: Alivodich 12 – Husniddin G'ofurov 47, Cvetkovchi 74 penalti
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar