31 dek 15:46
Yangiliklar
Tennis

Serena 11 oylik tanaffusdan so'ng kortga qaytdi va mag'lub bo'ldi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Serena Uilyams 11 oylik tanaffusdan so'ng yana kortga qaytdi.
Amerikalik tennischi BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan ko'rgazmali turnirda latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqdi. Mubadala World Tennis Championships turniri doirasidagi ushbu uchrashuv 1 soatu 7 daqiqa davom etdi.
Unda Ostapenko 6:2, 3:6, tay-brekda 10:5 hisobida g'alaba qozondi. Uilyams WTA turnirlarida
so'nggi bor 2017 yilning yanvar oyida kortga chiqqandi. O'shanda u Avstraliya Ochiq chempionati
g'olibasiga aylangan edi. 1 sentyabr kuni Uilyamsning Aleksis Olimpiya ismli qizi
dunyoga kelgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar