09 iyu 20:20
Yangiliklar
Tennis

Serena afsonaviy SHtefi Grafga tenglashib oldi
Xabar berganimizdek, dunyoning birinchi raketkasi amerikalik Serena Uilyams “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslari g'olibasiga aylangandi.
Bugungi muvaffaqiyat Serenani Uimbldon turnirining 7 karra g'olibasiga aylantirdi. “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi titullari soni esa 22taga etdi.
Bu bilan Serena Uilyams germaniyalik afsonaviy tennischi SHteffi Grafga tenglashib oldi. Graf ham o'z davrida 22 marotaba “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarda bosh mukofotga ega chiqqan edi.
Havola :
Fikrlar