05 jan 09:34
Yangiliklar
Tennis

Serena Sidneydagi turnirda qatnashishdan bosh tortdi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Serena Uilyams kelasi hafta Sidney shahrida o'tkaziladigan WTA Premier turnirida ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Musobaqa tashkilotchilari Serenaga to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi wild-card, yani imtiyozli yo'llanma taqdim etishgan edi. Amerikalik tennischi bu qarorini bor etiborini Australian Open musobaqasiga qaratganligi bilan izohladi.
Malumotlarga qaraganda, turnir tashkilotchilari va
Serena Uilyams o'rtasidagi muzokaralari uch oy davom etgan. Yakunda tennischi Australian
Open musobaqasiga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishni afzal bilgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar