06 iyu 07:40
Yangiliklar
Tennis

Serena Uilyams 10-marotaba Uimbldon yarim finalida ishtirok etadi
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi Serena Uilyams Uimbldon chorak finalida rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovadan ustun keldi.
Raqibini 6:4, 6:4 hisoblarida mag'lub etgan Serena faoliyatida o'ninchi marotaba ushbu turnir yarim finalida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Uilyamslarning kichiki 6 marotaba ushbu turnirda g'olib bo'lgan. 2 marta finalda, 1 marta esa yarim finalda yutqazib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar