03 iyu 10:32
Yangiliklar
Tennis

Serena Uilyams 10 ming funt sterling jarimaga tortildi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Serena Uilyams 10 ming funt sterling miqdoridagi moliyaviy jarimaga tortildi.
Amerikalik tennischi “Uimbldon” turnirining uchinchi davrasida sportga xos bo'lmagan xatti-harakatni amalga oshirgan. 34 yoshli Serena hamyurti Kristin Makxeylga qarshi kechgan uchrashuvda raketkasini sindirgan va uni ortiga uloqtirgan edi.
Singan raketka esa uchib borib, bexosdan operator borib tekkandi. Tartib-intizom qo'mitasi Serenaning bu harakatini jazosiz qoldirmadi. Bundan tashqari, serbiyalik Viktor Troicki va britaniyalik Xizer Uotsonlar ham mos ravishda 10 va 12 ming funt sterlinglik jarimaga tortilishdi.
Havola :
Fikrlar