24 mar 13:21
Yangiliklar
Tennis

Serena Uilyams 1000 dollar jarimaga tortildi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Serena Uilyams Mayami turniri tashkilotchilari tomonidan 1000 dollar miqdoridagi jarimaga tortildi.
Amerikalik tennischi yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etmagan. O'sha bahsda Osaka nomdor raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgandi.
Reglamentga ko'ra har bir tennischi o'z uchrashuvi yakunlanganidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etishi shart. Mag'lubiyatni ko'tara olmagan Serena esa jurnalistlar oldida hozir bo'lmagan.
Havola :
Fikrlar