09 iyu 20:04
Yangiliklar
Tennis

Serena Uilyams – 7 karra Uimbldon turniri g'olibasi!
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi amerikalik Serena Uilyams London shahrida yakuniga etib borayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslari g'olibasiga aylandi.
Hozirgina yakuniga etgan final uchrashuvida amerikalik tennis malikasi germaniyalik Anjelik Kerberni mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 21 daqiqa davom etgan final bahsida Serena WTA reytingida 4-o'rinni egallab turgan raqibasidan 7:5, 6:3 hisobida ustun keldi.
Bu ikki tennischining o'zaro uchrashuvlarida endi Uilyamslarning kichigi 6:2 hisobida oldinga o'tib oldi.
Havola :
Fikrlar