15 jan 14:55
Yangiliklar

Serena Uilyams Australian Open sabab nikoh to'yini kechiktirdi
Boisi, aynan ushbu “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirok Serenani yana dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylantiradi.
Avval xabar berganimizdek, Serena Uilyams armanistonlik tadbirkor Aleksis Oganyanga turmushga chiqadi. Australian Open turnirining asosiy to'r bahslari 16 yanvar kuni boshlanib, 29 yanvargacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, Serena Uilyams o'tgan yilgi Avstraliya Ochiq chempionatining final uchrashuvida germaniyalik Anjelik Kerberga imkoniyatni boy bergan edi.
Mavsum yakunida esa 186 hafta davom etgan WTA reytingidagi peshqadamlikni ham aynan Kerberga topshirgandi. Qura natijasiga ko'ra Serena ilk davrada shveycariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar