25 dek 15:23
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams bir yillik tanaffusdan so'ng 30 dekabr kuni BAAda kortga chiqadi
Amerikalik Serena Uilyams 30 dekabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan ko'rgazmali turnirda ishtirok etadi.
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 23 karra g'olibi, 4 karra Olimpiada chempioni Mubadala World Tennis Championship musobaqasi finalida latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.
Ostapenko yakuniga etgan mavsumda shov-shuvli tarzda “Rolan Garros”
turniri g'olibiga aylangan edi. Bu Serena uchun bir yillik tanaffusdan keyingi
ilk uchrashuv bo'ladi. U so'nggi Australian Open-2017 finalida o'ynagandi.
Havola :
Fikrlar