15 iyu 17:27
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams: "Mag'lubiyatdan so'ng hech qachon o'zimni oqlamayman"
Amerikalik tennischi Serena Uilyams Uimbldon finalida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Kerber juda ajoyib o'yin o'tkazdi. O'yin startidan boshlab u yuqori saviyadagi tennisni namoyish etdi. Umuman, xech qachon mag'lubiyatdan so'ng o'zimni oqlab o'tirmayman. Bugun ham shunday.
Musobaqa men uchun ajoyib o'tdi. Bir necha oy oldin qanday darajada ekanligimni tushungandim. Avvalgidek o'yin ko'rsata olishimga ishonchim komil emasdi. Endi esa men yana "Ulkan toj"da g'olib chiqa olshimga ishonaman. Bu faqat boshlanishi", - dedi tennischi.
Havola :
Fikrlar