16 avg 16:55
Yangiliklar
Tennis

Serena Uilyams: "Meni qo'pol deb o'ylashadi, chunki men qoratanliman"
Amerikalik tennischi 2018 yilda bo'lib o'tadigan Avstraliya ochiq chempionatida qatnashmoqchi.
"Bu juda qaltis reja. Lekin, men Melburndagi turnirda ishtirok etmoqchiman. O'shanda farzandlik bo'lganimga uch oy bo'ladi. To'g'ri, menga oson bo'lmaydi. Lekin, bunga tayyorman. Qaytganimdan so'ng mag'lubiyatga uchrasam, meni "ko'mib qo'yishadi". Eng zo'r yillarim ortda qolganligi haqida gapira boshlashadi. Men yana g'alaba qozonishni istayman. Men yoki g'alaba uchun o'ynayman yoki umuman o'ynamayman.
Ko'pchilik meni qo'pol muomalali deb o'ylaydi. Tennischilar orasida do'sti juda kam bo'lgan Mariya SHarapova esa muloyim ko'rinadi. Nimaga bunaqa? CHunki men qora tanliman", - deydi Uilyams.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar