10 jan 14:37
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams Oklend turniri 1/2 finalida o'ynaydi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tkazilayotgan WTA turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Amerikalik tennischi Serena Uilyams musobaqaning yarim finalga yo'l oldi. U 1/4 final uchrashuvida germaniyalik Laura Zigemundga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 28 daqiqa davom etgan bahs yakunida38 yoshli Serena raqibasini mag'lub eta oldi - 6/4, 6/3. Uilyams hozirda dunyo reytingida 10, 31 yashar Zigemund esa 73-o'rinni egallab turibdi. O'zaro uchrashuvlarda Uilyams ustunlikni oshirdi - 2:0.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar