20 avg 19:48
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams o'zining eng sevimli yosh tennischisi kim ekanligini aytdi
Serena Uilyams qaysi yosh tennischisining o'yinlarini sevib tomosha qilishini oshkor etdi.
Amerikalik tennis yulduzi kanadalik istedodli tennischi Byanka Andreeskuning o'yinlariga befarq emasligini malum qildi.
"Rasman tan olib shuni aytishim kerak, men Byanka Andreeskuga muxlislik qilaman. U endigina 19 yoshga to'ldi. Lekin kortda o'zini xuddi kattalardek tutadi", - dedi Uilyams.
Takidlash joiz, ayni paytda kanadalik tennischi dunyoning 15-raketkasi bo'lib turibdi. Byanka joriy tennis mavsumida 42 ta uchrashuvdan 38 tasida g'alaba qozondi.
Havola :
Fikrlar