06 apr 09:10
Yangiliklar
Tennis

Serena Uilyams Rimda chempionlik titulini himoya qilmaydi
Australian Open turnirining etti karra g'olibasi amerikalik Serena Uilyams Italiyaning Rim shahrida o'tkaziladigan Internazionali BNL d'Italia turnirida ishtirok etmaydi.
Italiya Ochiq chempionati nufuzli musobaqa bo'lib, 15 may kuni start oladi. Serena esa ushbu turnirning 4 karra va shu bilan birga amaldagi g'olibasi hisoblanadi.
Qizig'i shundaki, dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lgan Serena Uilyams Rim turniridan bir hafta oldin Ispaniyada o'tkaziladigan Madrid Mutua Open musobaqasida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar