10 iyu 07:15
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1125_220.jpg)
Serena va Kerber Londonda qancha “gonorar” ishlab olishdi?
Dunyoning birinchi raketkasi amerikalik Serena Uilyams kecha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslari g'olibasiga aylangandi.
Londondagi ikki haftalik mehnat Serenaga 2 million funt sterling mukofot jamg'armasi hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi. Finalda mag'lubiyatga uchragan germaniyalik Anjelik Kerber esa roppa-rosa 1 million funt sterling mukofot puli hamda 1300 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, kechagi muvaffaqiyat Serenani Uimbldon turnirining 7 karra g'olibasiga aylantirdi. “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi titullari soni esa 22taga etdi. Bu bilan u germaniyalik afsonaviy tennischi SHteffi Grafga tenglashib oldi. Graf ham o'z davrida 22 marotaba “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarda bosh mukofotga ega chiqqan edi.
Havola :
Fikrlar