26 jan 13:54
Yangiliklar
Tennis

Serena va Venus to'qqizinchi marta finalda o'zaro o'ynashadi
Xabaringiz bor, "Australian Open" musobaqasining finaliga Serena va Venus Uilyamslar yo'l olishdi.
Opa-singillar o'zaro "Katta Dubulg'a" turkumidagi turnirlarning finalida to'qqizinchi marotaba o'yin o'tkazishadi.
Oldingi 8ta o'yinning 6tasida Serena g'olib bo'lgan, Venus esa 2 bor zafar quchgan.
So'nggi bor Uilyamslar 2009 yil "Katta Dublg'a" turkumiga kiruvchi musobaqa finalida o'ynashgandi. O'sha yil "Uimbldon" musobaqasi finalida Serena o'z opasini mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar