29 noy 13:03
Yangiliklar

Serenaning “Australian Open-2018”da qatnashishi hali malum emas
Australian Open musobaqasi “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning dastlabkisi hisoblanadi va yanvar oyining oxiri fevralning boshlarida Melburn shahrida o'tkaziladi.
Hozircha “Katta Dubulg'a” turnirlarining 23 karra g'olibasi bo'lgan Serena Uilyamsning ushbu musobaqadagi ishtiroki malum emas. Bu malumotni amerikalik raketka ustasining murabbiyi Patrik Muratoglu ham tasdiqladi. Serena 1 sentyabr kuni farzandli bo'lgan edi.
“Serena bir haftalik tatildan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytdi. Tez orada men Floridaga yo'l olaman va mashg'ulotlarga qo'shilaman. Uning o'sha paytdagi holatidan kelib chiqib, Australian Open turnirida ishtirok etish yoki qatnashmaslik yuzasidan bir qarorga kelamiz”, - dedi Muratoglu.
Fikrlar