10 apr 14:53
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fominning muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda: u Antaliyadagi uchinchi turnirida chorak finalga yo'l oldi
Turkiyaning Antaliya shahrida M25 toifasiga kiruvchi ITF tennis turniri bo'lib o'tmoqda.
Uchinchi haftadirki, hamyurtimiz Sergey Fomin Turkiyaning ushbu kurort shahrida tashkil etilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. U avvaliga chempion bo'ldi, uch kun avval esa vice-chempionga aylandi.
Kecha u mazkur turnirdagi ilk o'yinda chexiyalik Yan Kumstatni mag'lub etgandi. Bugun esa ikkinchi davrada boshqa bir chexiyalik tennischi Zdenek Kolarga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 7 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin 7:6, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi
Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda dunyo reytingida 499-o'rinni, Kolar esa 418-o'rinni egallab turibdi.
Endi u ertaga chorak finalda xorvatiyalik Luka Mikrutga (317) qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar