27 avg 08:25
Yangiliklar
Sergey Kovalyov Alvares bilan revansh jangi o'tkazadi
Rossiyalik bokschi birinchi jang shartnomasidagi revansh jangini o'tkazish haqidagi banddan foydalanmoqchi ekanligini malum qildi. Bu malumotni Kovalyovning menejeri Egis Klimas ham tasdiqladi. Klimas hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarovning ham menejeri hisoblanadi.
“Ha, Sergey revansh jangi o'tkazilishini istayapti. U boshqa jang haqida o'ylamayapti ham”, - dedi Klimas ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida mashg'ulot o'tkazayotgan Sergey Kovalyov 4 avgust kuni Atlantik-Siti shahrida Alvaresga ettinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Malumot uchun, nokdaun holatiga qadar rossiyalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra oldinda borayotgan edi. Revansh jangi 2019 yilning fevral oyidan oldin o'tkazilmasligi aniq.
Fikrlar