08 iyu 11:23
Yangiliklar
Sergey Kovalyov Madrimov - Krouford jangida kim favorit ekanini aytdi
Kovalyovning fikricha, super yarimo'rta vazn toifasida hamyurtimizning WBA chempionlik kamari va WBO vaqtinchalik kamari uchun kechadigan ushbu to'qnashuvida amerikalik engilmas bokschi Krouford favorit ekan.
"Albatta, Kroufordga ko'proq ustunlik beriladi, chunki u tajribali, iqtidorli, engilmas bokschi. U statistikadagi mag'lubiyat ustunida nolni ushlab turibdi, Isroil esa hozir juda motivacion holatda. Bu juda qiziqarli jang bo'ladi.
O'zbekistonlik bokschi hech qachon taslim bo'lishni istamaydi, shuning uchun u oxirigacha boks tushadi. Krouford bu hujumlarga dosh bera oladimi? Buni jang ko'rsatadi. SHuning uchun, bu erda, rostini aytsam, Krouford foydasiga 70/30 taxmin qilyapman. Bu taxmin xolos. Aslida qanday bo'lishini jang ko'rsatadi. Lekin har qanday holatda ham Isroilga yirik g'alaba va omad tilayman", - dedi Kovalyov.
Malumot uchun, Isroil Madrimov va Terens Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni o'tkaziladi.
Fikrlar