08 fev 09:45
Yangiliklar
Futbol

Sergey Lushchan: "Guruhda ham munosib o'ynashga harakat qilamiz"
OCHL-2017 saralashi doirasida "Al Jayish" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyin toshkentliklar ustozi Sergey Lushchan o'z fikrlarini bildirdi.
- Doim g'alaba qozonish yoqimli. Ayniqsa kuchli raqib maydonida. Yoshlarimiz uchun xursandman. OCHL guruh bosqichiga chiqish vazifasini bajardik. G'alabaga xissa qo'shgan barchaga rahmat. Jamoamizni stadiondan, TV orqali qo'llab turgan barchaga rahmat aytaman.
Mezbonlarga mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildiraman. Bizni guruh bosqchiida juda qiyin bahslar kutmoqda. U erda munosib ishtirok etishga urinamiz, - deydi Sergey Lushan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar