17 sen 13:16
Yangiliklar
Futbol
Server Jeparov: "Tanlangan taktika foyda keltirdi"
"Jetisu" yarim himoyachisi Server Jeparov "Tobol"ga qarshi kechgan Qozog'iston chempionati uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"O'yin muxlislar uchun qiziq o'tdi deb o'ylayman. Raqib maydonida bo'sh zonalar paydo bo'lishi uchun himoyadan o'ynashga harakat qildik. Tanlangan taktika foyda keltirdi. Ikkita golimiz ham aynan shu uslub tufayli urildi.
Birinchi o'yin men uchun biroz qiyinroq bo'ldi, biroq asta-sekinlik bilan formamni tiklab olaman. Bugun 90 daqiqa o'ynadim. Yoshim 33da bo'lishiga qaramay hali futbol o'ynashga kuchim etadi. Ko'pincha menga penaltini ishonib topshirishadi va bugun ham shunday bo'ldi. Men standartlar ustida doimo ishlayman".
Malumot uchun, "Jetisu" - "Tobol" uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlangandi. Jeparov ushbu bahsda penaltidan gol urgan edi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar