20 dek 09:58
Yangiliklar
Formula-1

Serxio Peres "Red Bull"ni tark etayotgani tasdiqlandi, Ferstappenning yangi sherigi kim bo'lishi ham malum
Formula-1'da ishtirok etuvchi "Red Bull" jamoasining meksikalik haydovchisi Serxio Peres joriy yilgi chempionatni 152 ochko jamg'arib, sakkizinchi o'rinda yakunladi.
Rasmiy xabarga ko'ra, jamoani tark etgan Serxio Peresning o'rnini yangi zelandiyalik Liam Louson egallaydi.
"SHu yillar davomida Maks Ferstappen bilan yonma-yon poygada ishtirok etish va muvaffaqiyatlarni baham ko'rish men uchun sharaf bo'ldi. Butun dunyodagi muxlislarga, ayniqsa meksikaliklarga har kuni qo'llab-quvvatlagani uchun alohida rahmat aytaman. Tez orada yana uchrashamiz. Yodingizda tuting: hech qachon taslim bo'lmang", deb yozdi Peres ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali.
Malumot uchun, Louson 22 yoshda. U Formula-1'da 2023 yilgi Niderlandiya Gran-prisi doirasida "Alfa-Tauri" jamoasi safida debyut qilgandi.
Havola :
Fikrlar