08 apr 11:26
Yangiliklar
Futbol

"Sevilya" bosh murabbiyi og'ir kasallikka chalindi
"Valyadolid”ga qarshi o'yindagi g'alabadan (2:0) so'ng "Sevilya" bosh murabbiyi Xoakin Kaparros og'ir xastalikka chalinganini aytdi.
"Menda surunkali leykemiya (qon ishlab chiqaradigan to'qimalarning o'sma kasalligi) bor. Men oddiy hayot kechirmoqdaman. O'z ishimdan rohat olmoqchiman. Davolanish kurslarini esa o'tkazganim yo'q. Faoliyatimni davom ettirayotganim uchun klub mutasaddilariga minnatdorchilik bildiraman." - dedi Kaparros.
Malumot o'rnida, 64 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi jamoa LaLigada 49 ochko to'plagan holda 5 pog'onada bormoqda.
Havola :
Fikrlar