14 mar 07:44
Yangiliklar

"Sevilya" "Old Trafford"da "MYU"ni mag'lub etib, chorak finalga chiqdi
Ispaniyada o'tgan birinchi bahsda hisob ochilmagach, ko'pchilik manchesterliklarning javob o'yinida imkoniyatini yuqori baholayotgan edi. Biroq maydonda hammasi boshqacha bo'lib chiqdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsada, "Sevilya" safida Ben Yedderning maydonga tushishi o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi.
27 yoshli francuz hujumchisi maydonga tushganiga hech qancha o'tmay David De Xeani dog'da qoldirdi. Biroz o'tib aynan uning boshi bilan bergan zarbasi manchesterliklarni ikki bor o'yinni maydon markazidan boshlashga majbur etdi.
84-daqiqada Lukaku burchakdan uzatilgan to'pni "Sevilya" darvozasiga kiritgan bo'lsada, qolgan vaqt davomida "qizil iblislar" raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Natijada safarda 2:1 hisobida g'olib chiqqan ispanlar haqli ravishda ECHLning chorak finaliga yo'l olishdi.
Fikrlar