01 noy 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Sexudo va Dvalishvili muzokaralarni davom ettirmoqda
UFC tashkiloti Genri Sexudo hamda Merab Dvalishvili bilan o'zaro jang borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Tomonlar jangning yanvar oyida o'tkazilish ehtimolini ko'rib chiqishyapti.
Hozircha shartnomaga imzo chekilmagan, ammo muzokaralar o'zining so'nggi bosqichida ekanligi aytilmoqda. Faoliyati davomida 16 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan Sexudo so'nggi jangini may oyida Aljameyn Sterlingga qarshi o'tkazgan va mag'lub bo'lgandi.
Dvalishvili esa mart oyida Peter Yan ustidan g'alabaga erishgandi. Uning hisobida 16 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar