30 iyu 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning raqibi, jang sanasi va manzili malum + POSTER
WBA International chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan yurtdoshimiz SHahram G'iyosovning navbatdagi raqibi rasman malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Rio-2016 Olimpiadasining kumush medali sovrindori 15 avgust kuni AQSHning Oklaxoma shtati Talsa shahrida tashkil etiladigan boks kechasida faoliyatidagi 10-jangini o'tkazadi. U shu kuni meksikalik Fransisko Roxo (22-3, 15 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Bo'lajak jangda SHahram o'z kamarini himoya qiladi.
Malumot uchun, SHahram G'iyosov prof ringda 9 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. Roxo esa 25 ta jangda qatnashib, 22 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Hisobida 15 ta nokaut bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar