02 mar 19:20
Yangiliklar
Dzyudo

SHahzodxo'ja SHaripov "Katta dubulg'a"da oltin medalga sazovor bo'ldi
Toshkentda dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" musobaqasining so'nggi kuni o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning uchinchi kunida vakillarimiz 1 ta oltin va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
-90 kg vaznli Nurbek Murtozoev bronza uchun bahsda Egor Malkin (IJF) dan ustun keldi va bronza medaliga ega chiqdi.
-90 kg vazn toifasida SHahzodxo'ja SHaripov yaponiyalik Komey Kavabatani mag'lubiyatga uchratib OLTIN medalni qo'lga kiritdi.
-100 kg vazn toifasida Ernazar Sarsenbaev yaponiyalik Miki Nozomudan ustun kelib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
+100 kg vazn toifasida Alisher Yusupov bronza uchun kechgan bahsda O'tkirbek To'raboevdan ustun kelib, bronza medali sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar