01 iyu 09:45
Yangiliklar
Futbol

SHakiri – 1/8 finalning eng chiroyli goli muallifi!
SHveycariya terma jamoasi yarim himoyachisi Jerdan SHakirining Polsha darvozasiga kiritgan gol Evropa chempionati 1/8 final bosqichining eng chiroyli goli sifatida tan olindi.
SHakiri o'yinning 82-daqiqasida jarima maydonchasi tashqarisidan qaychi usulida to'pni darvozaga joylab qo'ygandi. O'sha gol sabab shveycariyaliklar asosiy vaqtdagi mag'lubiyatdan qutulib qolishgandi.
Lekin yakunda baribir polshalik futbolchilar penaltilar seriyasida g'alabani ilib ketishgandi. Jerdanning goliga UEFA rasmiy saytida 82 foiz tashrifchi ovoz bergan.
Havola :
Fikrlar