06 avg 08:23
Yangiliklar
SHaxmat
SHamsiddin Rossiyadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi
Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida shaxmat bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
“Kontur sovrini uchun Rashkovskiy va Fradkin Kubogi” blic musobaqasida yosh hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov ham ishtirok etdi. Musobaqada Rossiya, Ukraina, AQSH, Qozog'iston, Belarus, Germaniya, Armaniston kabi mamlakatlardan jami 364 shaxmatchi dona surdi.
O'n bir turdan iborat blic turnirida SHamsiddin 11 imkoniyatdan 9 ochko jamg'ardi. Bir yo'la etti nafar ishtirokchi 9 ochko to'plagani uchun sovrindorlar qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra aniqlandi. Unda Vohidov 5-sovrinli o'rinni band etdi. Rossiyalik grossmeyster Denis Xismatullin 10 ochko bilan xalqaro turnir g'olibiga aylandi.
Havola :
Fikrlar