So’nggi yangiliklar

10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0

18 may 12:09
Yangiliklar

Boshqalar

SHandong sport universiteti bilan ham hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi

Teglar :  O'zDJTSUSHandong
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti vakillari shu kunlarda Xitoyda bo'lib turishibdi.

Delegaciya vakillari Xitoy Xalq Respublikasining sport sohasidagi ilg'or oliy talim muassasalaridan biri SHandong provinsiyasida joylashgan SHandong sport universiteti faoliyati bilan tanishishdi.

Delegaciya azolarini ushbu universitet rektori janob Jang Jianshi va uning jamoasi kutib oldi. 

SHandong sport universitetining asosiy bazalari ikkita manzilda joylashgan bo'lib, delegaciyamiz azolari asosiy, yani sport turlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar tashkil etiladigan sport inshootlari (futbol, basketbol, engil atletika, taekvondo, ushu, tennis va h.z.) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv jarayonida Ushu instituti talabalari tomonidan mazkur sport turi bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar tashkil etildi.

Xizmat safarining beshinchi kuni, yani 16 may kuni SHandong sport universitetiga bo'lgan tashrifning ikkinchi kunida oliygoh rahbarlari bilan rasmiy uchrushuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda har ikkala universitetlarning rahbarlari tomonidan mazkur oliygohlarning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyatlarini belgilab beruvchi hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Uchrashuv davomida malakali sport murabbiylarini tayyorlash, o'quv jarayonlariga innovacion texnologiyalarni joriy etish, aynan yakkakurash yani sportning boks, kurash, ushu turlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlash hamda malakasini oshirish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvdan keyin SHandong sport universitetida o'quv jarayonlarining borishi hamda universitetga doir meyoriy hujjatlari bilan yaqindan tanishildi.

Malumot o'rnida SHandong sport universiteti 1958 yilda tashkil topgan bo'lib, Pekin shahridan 700 km uzoqlikda joylashgan. Hozirgi kunda universitetda 10 ming nafardan ortiq talabalar tahsil oladi. Universitet tarkibida sport turlari bo'yicha akademiya, institut va maktablar mavjud.

Jumladan, futbol va basketbol instituti, og'ir atletika akademiyasi, ushu instituti va boshqalar shular jumlasidandir. Universitetda Xitoy milliy sport turi bo'lgan ushuga alohida etibor beriladi. SHu sababli, universitet tarkibida Ushu instituti faoliyat yuritmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing