25 iyu 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA
SHara Bullet AQSHda jang qilishi uchun qo'yilgan taqiq haqida gapirdi
Rossiyalik o'rta vazn toifasidagi UFC jangchisi SHarabutdin Magomedov yakshanba tongida promoushendagi o'zining ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi.
U Ar-Riyodda o'tgan UFC on ABC 6 turniri doirasida Antonio Trokolini muddatidan oldin mag'lub etgan edi. Turnir yakunida o'tkazilgan matbuot anjumanida tashklot rahbari Dana Uayt Bulletning ko'zidagi muammo sabab AQSH hududida jang o'tkaza olmasligini aytgandi. SHara UFC xo'jayinining bu gaplariga o'z munosabatini bildirdi.
"Atletik komissiya bilan bog'liq muammolar bo'lishi haqida eshitdim. Komissiyadagilar juda qattiqqo'l siyosat olib boradi. Lekin qaerda jang qilmayin, bu borada muammoga duch kelmaganman. Ilojsiz narsalar ro'yobga chiqmoqda. Eng muhimi, ishtiyoq va motivaciya yo'qolmasin", - dedi SHarobutdin Magomedov.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar