So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

26 iyu 14:41
Yangiliklar

Boks/MMA

SHara Bullet navbatdagi jang sanasini elon qildi, u raqibga ham "vyzov" tashladi

Rossiyalik o'rta vazn toifasida UFC jangchisi SHarabutdin Magomedov keyingi jangini qachon va qaerda o'tkazishini aytdi.

SHara Bullet shanba oqshomida Ar-Riyod shahrida o'tkazilgan UFC turnirida ushbu promoushendagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. U uch haftadan keyin oktagonga qaytishga tayyor. SHara keyingi raqibi sifatida amerikalik Kevin Xollandni ko'rmoqchi.

"Kevin Xolland, haqiqiy qaroqchi SHara Bullet shu erda, AQSHda. Men seni 13 iyul kuni yo'q qilaman va sening boshingni o'zim bilan uyga olib ketaman. Kel, jang qilamiz. Kevin Xoland, men seni oktagonga chorlayman. Sen menga Amerikaga kel, urishamiz deganding. Mening qayig'im AQSH qirg'oqlariga suzib keldi. Haqiqiy erkaklar jangi uchun rozi bo'l", - degan SHarabutdin. 

Malumot uchun, SHarabutdin Magomedov Bruno Silvani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan, Antonio Trokolini nokautga uchratgan edi. Kevin Xolland esa shu oyning boshida o'rta vazn toifasiga qaytib, Mixal Oleksiychukni birinchi raunddayoq taslim etgandi. 

Darvoqe, SHara Bullet jang qilmoqchi bo'layotgan UFC on ESPN 59 turniri 13 iyul kuni AQSHning Kolorado shtati Denver shahrida tashkil etiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing