31 jan 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
SHara Bullet Peyjni mag'lub etsa, kimga qarshi jang qilishini aytdi
1 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi "Kingdom Arena" majmuasida UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Oqshomning co-main event jangida SHarabutdin Magomedov ham oktagonga chiqadi. SHara Bullet Maykl Peyjni mag'lub etgandan so'ng Adesanya - Imavov jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tarilmoqchi.
"Ha, bu ikkita katta voqelik - co-main va main event. Nassurdin ham yaxshi zarba bera oladigan sportchi, qaysi birimiz g'alaba qozonsak, eng kuchlini aniqlash uchun final to'qnashuvi bo'ladi.
Yaqin orada bizning divizonda katta janglar kutilmoqda, shu jumladan chempionlik jangi ham. O'rta vazn rivojlanyapti, hozir avlodlar almashinuvi kechmoqda. Yangi yulduzlar paydo bo'lyapti, ulardan biri menman. Divizionni mediabop vazn qilamiz", - dedi SHara.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar