01 jan 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
SHara Bullet UFC bilan shartnoma imzolaganidan keyin nimalar dedi?
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi SHarabutdin Magomedov (SHara Bullet) professional sportdagi faoliyatni dunyoning eng kuchli ligasida davom ettiradi.
SHara Bullet nomi bilan mashhur bo'lgan sportchi o'tgan hafta UFC promousheni bilan shartnoma imzolagan edi.
"Tabriklar va qutlovlar uchun barchaga rahmat. Biz katta kuch bilan, misoli to'fon UFC qirg'oqlariga suzib bordik. Tez orada Amerikani zabt etishni boshlaymiz. U erga qimmatbaho xazinani olib ketish uchun boryapmiz. UFC, Dana Uayt, shartnoma uchun rahmat!", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan SHara Bullet.
Avvalroq, rossiyalik 28 yoshli sportchining menejeri Ali Abdel-Aziz mijozining UFC ligasidagi debyuti may-iyun oylariga mo'ljallanganini aytgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar