27 apr 10:20
Yangiliklar
Tennis
SHarapova 1,5 yillik diskvalifikaciyadan keyin kortga qaytdi
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova bir yarim yil davom etgan diskvalifikaciyadan so'ng katta tennisga qaytdi.
Uning qaytishi Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirga to'g'ri keldi. Sovrin jamg'armasi 710 900 dollarni tashkil qilgan musobaqa tashkilotchilari SHarapovaga imtiyozli yo'llanma taqdim etishgandi.
Mariya 11ta eys zarbasi evaziga ushbu turnirning ilk davrasida italiyalik Roberta Vinchini 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Endi SHarapova ikkinchi davarada hamyurti Ekaterina Makarovaga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, qonida taqiqlangan meldoniya moddasi aniqlangani bois rossiyalik tennischi bir yarim yilga barcha musobaqalardan chetlatilgan edi.
Havola :
Fikrlar