29 jan 07:48
Yangiliklar
Tennis

SHarapova Piterdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova musobaqaning birinchi davrasida avstraliyalik Darya Gavrilovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan uchrashuvda Masha raqibasini 6/0, 6/4 hisobida taslim etdi.
Dunyoning 29-raketkasi bo'lib turgan 31 yoshli SHarapova beshta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Mariya St.Petersburg Ladies Trophy turnirining ikkinchi davrasida hamyurti Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar
Female tennis players - Ayol tennischilar bo'ladiyu yoki Ayollar o'rtasida o'tayotgan tennis turniri