15 okt 13:27
Yangiliklar

SHarapova - Tyanczin turniri g'olibasi!
Mariya 2015 yilning mayidan beri ilk marotaba final uchrashuvida kortga chiqdi. Xitoyning Tyanczin shahri mezbonlik qilgan ushbu turnirda u bosh mukofot sohibasiga aylandi.
SHarapova 2 soatu 7 daqiqa davom etgan Tianjin Open finalida belaruslik Arina Sabalenkani 7:5, tay-brekda 7:6(10:8) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi setning oltinchi geymidan so'ng Sobolenko 5:1 hisobida oldinga ham chiqib olgandi. Lekin u muvaffaqiyatini yakunlay olmadi.
Taqqoslash uchun, SHarapova dunyo reytingida 86, Sobolenko esa 102-o'rinni egallab turibdi. Bugun u 2015 yilning mayidan buyon ilk, faoliyatidagi 36-sovrinini qo'lga kiritdi.
Tyanczindagi g'oliblik SHarapovaga 111 164 AQSH dollari hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Fikrlar