02 avg 10:10
Yangiliklar
Tennis

SHarapova US OPEN uchun wild card'dan umid qilmayaptimi?
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova AQSH ochiq chempionati haqida gapirib o'tdi.
"US Open'ga wild card haqida o'ylamaslikka harakat qilmoqdaman. Qaytganimdan so'ng mening "Rolan Garros", "Uimbldon", "US Open"larda o'ynashim haqida ko'p gap-so'zlar bo'ldi. Bu tushunarli. "Ulkan toj"lar eng nufuzli turnirlardir.
Lekin, senda o'yin amaliyoti kam bo'lsa, faqatgina bitta turnirga etibor qaratishing lozim bo'ladi. Men uchun hozir AQSH ochiq chempionatida o'ynashdan ko'ra Stenford muhimroq.
Franciyadagi "Ulkan toj"da ishtirok etishga umid qilgandim. Yakunda esa bu amalga oshmadi. SHuning uchun hozircha faqat oldimda turgan turnirlar haqida o'ylamoqdaman", - deydi SHarapova.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar