10 jan 16:00
Yangiliklar
Tennis

SHarapovaning diskvalifikaciyadan keyin qatnashadigan ilk musobaqasi malum
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennis malikasi Mariya SHarapova doping istemol qilgani uchun bir yarim yilga katta tennisdan chetlatilgan edi.
Rossiyalik tennischining diskvalifikaciyasi 25 aprel kuni rasman yakuniga etadi va Masha yana turnirlarda ishtirok eta boshlaydi. SHarapova kelasi haftadan mashg'ulotlarga kirishadi.
Mariya SHarapovaning diskvalifikaciyadan keyingi ilk turniri 26 aprel
kuni Germaniyaning SHtutgart shahrida start oladigan musobaqa hisoblanadi.
Mariya 2012-2014 yillarda aynan mana shu turnirda bosh mukofot sohibasiga aylangan edi. Tashkilotchilar unga imtiyozli wild card yo'llanmasini taqdim etishadi.
Havola :
Fikrlar